O‘zbekistonlik "Jangchi" bugun ringga chiqadi

  • 8 iyul, 2017, 16:10
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Rossiyaning Ekaterinburg shahrida tashkil etiladigan professional boks kechasida Farrux Madaminov navbatdagi reyting janglarini o‘tkazadi.

Tecno
 

2009 yildan buyon professional ringda jang o‘tkazayotgan hamyurtimiz bu gal rossiyalik debyutant Gasan Gimbatov bilan kuch sinashadi.

Farrux Madaminov shu kungacha to‘qqizta jang o‘tkazib, uchta g‘alaba, beshta mag‘lubiyat va bitta durang qayd etgan. "Jangchi" laqabi bilan tanilgan bokschimiz faoliyati davomida Ruslan Fayfer va Murat Gassiev kabi mashhur charm qo‘lqop ustalari bilan bellashgan.

Farrux Madaminov va Gasan Gimbatov o‘rtasidagi uchrashuv to‘rt raundlik reyting jangi bo‘ladi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!