O‘zbekistonlik "Kichik Tayson" g‘alaba qozondi

  • 03.11.2019 18:01
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Professional boksning o‘ta engil (-50,8 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan “Kichik Tayson” nomi bilan mashhur hamyurtimiz Olimjon Nazarov (19-5, 11 KO) hozirgina yakuniga etgan jangda tailandlik Chaivat Buadkratokka (32-1, 20 KO) qarshi jang o‘tkazdi.

Unda Nazarov o‘zining WBO Oriental chempionlik kamarini himoya qildi. Yurtdoshimiz ajoyib harakatlari bilan raqibi ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. Hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, “Kichik Tayson” navbatdagi g‘alabasini nishonlash barobarida kamarini munosib himoya qildi. Tailandlik charmqo‘lqop ustasi esa, ikkinchi faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Eslatib o‘tamiz: Hozirda Olim Nazarov Janubiy Koreyaning "Cocky Buffalo" promousheni bilan hamkorlik qilmoqda. U erda yosh iste’dodli murabbiy Bobur najmiddinov qo‘l ostida janglarga tayyorgarlik ko‘radi. Aslida, "Kichik Tayson" "Oqtepa" klubi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, Zufar Sulaymonov shogirdi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!