O‘zbekistonlik muaytay ustasi MMAda debyut qiladi

  • 19 iyul, 2020, 21:30
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik muaytay ustasi, hozirda ushbu sport turining professional yo‘nalishida ajoyib natijalar qayd etayotgan Mavlud Tifiev MMAda debyut jangini o‘tkazadi. “Thai Fight” chempioni hisoblanuvchi yurtdoshimiz 28 noyabr kuni Germaniyada marokashlik Reduan Bukerchga qarshi yarim engil vazn toifasida Evropa chempionlik kamari uchun oktagonga ko‘tariladi. Mazkur jang IFC turniri doirasidan o‘rin olgan. Biz mazkur voqeylikka aniqlik kiritish maqsadida sportchimizni o‘zi bilan bog‘landik.

Tecno

mavlud

- To‘g‘ri, MMAda debyut qilaman. Xabaringiz bor, Tailandning jahonga mashhur “Tiger Muaytay” klubi a’zosi sanalaman. Bu erda ko‘plab, MMA jangchilari faoliyat olib borishadi. To‘g‘risi, bu yo‘nalishda jang qilaman, deb o‘zim aytganim yo‘q. Menejerlarim taklif qilishdi. Chunki, yoshligimdan “parter”da yaxshi harakat qilardim. Bu erda UFC jangchilari Mayrbek Taysumov, Rafael Fiziev, Arman Tsarukyan bilan sparring janglarda ishtirok etib, yanada bu boradaga mahoratimni oshirdim. Aslida, “One Championship” promoushenida allaqachon jang qilishim kerak edi. Lekin pandemiya sabab, bu jangim qoldirildi. Vaholanki, bu promoushenning o‘zi menga qiziqish bildirgandi. Germaniyalik va qozog‘istonlik menejerlar bilan ishlayman. Ular menga Germaniyadagi ushbu jangni tashkil qilib berishdi. Ilk urinishimdayoq titul uchun jang qilaman. Albatta, bunga ancha vaqt bor. Agar, karantinlar yakunlanib, odatiy hayot tarziga qaytsak, bu jangga qadar, “Thai Fight”dagi chempionlik kamarimni himoya qilishim yoki  “One Championship”da jang qilishim ham mumkin. Qolaversa, UFC varianti ham bor. Xullas, yaqin kunlarda yana yangilik bo‘lib qolishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!