
Para akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi
Kecha 13 iyul kuni Toshkent viloyatida joylashgan “Tuyabo‘g‘iz” suv omborida para akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Bu galgi mamlakat birinchiligida 50 nafarga yaqin para sportchilar g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib bordi. Shiddatli va murosasiz kechgan bahslarda yangi nomlar, yangi iste’dodlar kashf etildi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan maxsus diplom va medallar bilan taqdirlandi.
Fikrlar