Paredes: "Men Messiga yig‘lamasligini aytdim"

  • 19 iyul, 2024, 19:47
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Leandro Paredes jamoa sardori Lionel Messining Kolumbiya bilan "Amerika kubogi" final uchrashuvining ikkinchi yarmida (1:0)  to‘pig‘idan olgan jarohatiga qanday munosabatda bo‘lganini aytib berdi. 

Tecno

- Messi jarohat olganida, vaziyat juda qiyin edi. Hissiyotlarga berilmaslik uchun unga qaramaslikka harakat qildim. Yig‘lamang, xotirjam bo‘ling, chunki siz bizga o‘rnaksiz, dedim. Muhimi, maqsadimizga erishdik. De Paul biz Messi uchun kubokni yutib olishni xohlayotganimizni aytdi. Hammamiz buni his qildik. Leo sardorimiz va biz uni baxtli bo‘lishini istardik, - deya Paredes so‘zlarini keltirdi "Sport.es" nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!