Parij-2024: 4 nafar para suzuvchimiz finalga yo‘l oldi!

  • 29 avgust, 2024, 14:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Suv sporti
CHERY AUTO

Bundan biroz avval erkaklar va ayollar o‘rtasida S13 klassida 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish bo‘yicha saralash bahslari yakunlandi. Quvonarlisi, ushbu masofalarda startga chiqqan hamyurtlarimiz - Muzaffar Tursunxo‘jaev, Kirill Pankov, Shoxsanam Toshpo‘latova hamda Muslima Odilova saralashni muvaffaqiyatli o‘tkazib, final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Yana bir vakilimiz Islam Aslanov esa o‘z guruhida 6-o‘rinni egalladi.

Erkaklar o‘rtasida final bahslari bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:09 da, ayollar o‘rtasidagi final esa 23:15 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!