"Paxtakor" himoyachisining Belgiya klubiga transferi barbod bo‘ldi

  • 08.09.2025 20:41
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"Paxtakor" himoyachisi Muhammadrasul Abdumajidov faoliyatini Belgiyada davom ettirishi mumkin edi. Uni "Standard" klubi o‘z tarkibiga qo‘shib olishga yaqin kelgani haqida belgiyalik insayder Sasha Tavolieri xabar berdi. 

Ammo Tavolierining so‘zlariga ko‘ra 21 yoshli futbolchining "Standard"ga transferi barbod bo‘ldi. Abdumajidov tibbiy ko‘rikdan o‘tma olmagan. Belgiyada esa transferlar oynasi yopildi. 

"Standart" klubi 6 ta turdan keyin Belgiya chempionati turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda. Yaqindagina ushbu mamlakatning boshqa bir klubi "Antverpen"ga Muhammadali O‘rinboev borib qo‘shilgan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!