
"Paxtakor" tez orada yangi transferni e’lon qiladi
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Paxtakor" jamoasi tez orada yangi transferni e’lon qiladi.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan mavsumni Janubiy Koreya K-2 ligasi vakili "Tedjon" jamoasi safida o‘tkazgan Ikrom Aliboev "sherlar" bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. Futbolchi katta ehtimol bilan yangi mavsumni Toshkent jamoasida boshlaydi.
Avvalroq, "Paxtakor" sport direktori Ja’far Irismetov Ikrom bilan muzokaralar olib borilayotganini saytimiz muxbiriga tasdiqlagandi.
Transfer yangiliklarini SPORTS.uz saytida kuzatib boring!
Fikrlar