"Paxtakor" ustozi: "To‘liq himoyalangan "Sho‘rtan"ga qarshi qiynaldik"

  • 20 sentabr, 14:43
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 22-turida autsayder “Sho‘rtan” klubi o‘z uyida “Paxtakor”ni qabul qildi. Qiyin o‘tgan uchrashuvda hisob ochilgani yo‘q. Bellashuvdan keyingi matbuot anjumanida “Paxtakor” bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tecno

- Bizga qiyin bo‘ldi. “Sho‘rtan” ikkala bo‘limda 10 kishi bilan himoyalandi. O‘tgan o‘yinda 10 futbolchi bo‘lib o‘ynab, ko‘p kuch yo‘qotdik. “Sho‘rtan”ni to‘liq uchrashuv davomida himoyalanganidan va o‘z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik.

- Bugungi o‘yinga jamoangiz yaxshi natija bilan etib kelgandi. “Andijon”ga 6 ta gol urilgan, “Neftchi” mag‘lub etildi. “Sho‘rtan” bilan o‘yinning 0:0 tugashi raqibning oxirgi o‘rinda borayotgani futbolchilaringizga ruhiy ta’sirini o‘tkaza oldimi?

- Ruhiy ta’sir ham bo‘lishi mumkin. Lekin oldingi uchrashuvda maydonda 10 futbolchi qolib ko‘p kuch yo‘qotdik. Bu uchrashuvda himoyalangan “Sho‘rtan” jamoasiga qarshi biroz qiynaldik.

- O‘yin oldidan 10 kishilik himoyani tasavvur qilganmidingiz?

- Ha, bilardik.

- Futbolchi almashtirishlar o‘yinga qanchalik ta’sir o‘tkaza oldi?

- Baribir ko‘p yigitlar charchagandi. Yangi kuchlarni chiqardik. Nima bo‘lganda ham 10 kishi himoyalanayotgan jamoaga qarshi o‘ynash qiyin. Vaziyat yaratish ham oson emas. 20-30 metrdan himoyalanyapti. Bo‘sh hududlar topish og‘ir.

- “Paxtakor”ni o‘yini va natijasidan sizda qoniqish hissi bormi?

- Qoniqish? Yutishga kelgandik. Gol ura olmadik, qoniqamiz, nima ham derdik?!

- Avgust oyi oxirida jamoaga Timur Kapadze bosh murabbiy bo‘lishi haqida gap-so‘zlar chiqdi. Mana shunday paytda jamoada nimalar o‘zgardi yoki nimalar ro‘y berdi?

- Hech nima ro‘y bergani yo‘q. Ijtimoiy tarmoqlarda yozilgandi. Bilmayman.

- Sizningcha, “Sho‘rtan” klubida eng yaxshi o‘yinchi kim?

- Doniyor Narzullaev bo‘lsa kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
20/09/2025 22:23
роса кийналибсан-де, тугри утиролмай ?
бечора тожиев
Baxil Alihuja
20/09/2025 16:37
э ул-а, шарманда!