"Paxtakor"ga qarshi o‘yin oldidan "Al-Ayn"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Xabaringiz bor, yaqindagina "Al-Ayn" bosh murabbiyi Alfred Shryoder jamoani tark etdi. Klub uning o‘rnini to‘ldirish maqsadida Ernan Krespo bilan shartnoma imzolaganini ma’lum qildi.
Argentinalik mutaxassis bundan oldin "Al-Duhayl" jamoasida ishlagan. Shuningdek, murabbiy faoliyati davomida "San Paulo", "Modena" va ayrim Argentina klublarini boshqargan.
Eslatib o‘tamiz, "Al-Ayn" OChLda "Paxtakor" bilan bir guruhdan joy olgan bo‘lib, 12 ochko to‘plashga va muddatidan oldin pley-offga chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Mazkur jamoa 5-turda "sherlar"ga qarshi maydonga tushadi.
Krespo "Al-Ayn"dagi debyutini Aziz G‘anievning klubi bo‘lmish "Shabab"ga qarshi o‘yinda amalga oshirishi kutilmoqda.
Fikrlar