"Paxtakor"ning "Qo‘qon-1912" bilan o‘yinlarda to‘purari kimligini bilasizmi?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Paxtakor" va "Qo‘qon-1912" jamoalari o‘zaro uchrashuvlarida Igor Shkvirin 8 to‘p kiritishga erishgan.

O‘zaro o‘yinlarda jamoamiz tarixidagi eng yaxshi to‘purarlardan biri sanalgan Igor Shkvirin eng ko‘p gol urgan - 8 ta. Igor Sergeev hisobida 6ta gol mavjud. Jamoamizdan yana Aleksandr Pisarev 5ta, Sobir Xodiev va Valeriy Kechinov 4 tadan gol muallifi bo‘lgan. Kechinov ushbu to‘plarning barchasini bir o‘yinda kiritishga erishgan.

"Qo‘qon-1912"dan esa Oydinbek Aliev va Soli Qurbonov 5tadan, Nosir Otaqo‘ziev 4 golni o‘z hisobiga yozib qo‘ygan.

"Qo‘qon-1912" bilan o‘zaro o‘yinlar to‘purarlari

8 - Igor Shkvirin
6 - Igor Sergeev
5 - Oydinbek Aliev, Soli Qurbonov
4 - Sobir Xodiev, Valeriy Kechinov, Nosir Otaqo‘ziev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!