Peddi Pimblett: "Iliya Topuriya chempionlikka eng oson yo‘l bilan erishdi"
UFC janchisi, ingliz Peddi Pimblett engil vaznda amaldagi chempion Iliya Topuriya haqida keskin fikr bildirdi.
"Iliya chempionlik kamariga eng oson yo‘l bilan etib keldi. Unga faqat Josh Emmett va Volkanovskini engish kifoya bo‘ldi. Unga qadar kimlarni mag‘lub etganini ko‘ring: Rayan Xoll va Brayc Mitchell. Shuningdek, hammasi Topuriya uchun juda qulay vaqtda sodir bo‘ldi. Agar men ham shunday oson yo‘lga ega bo‘lganimda, allaqachon chempion bo‘lardim", - dedi Pimblett "Bloody Elbow" ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Iliya Topuriya "UFC 317" turnirida Charlz Oliveyrani engib, engil vaznda vakant qolgan kamarga ega chiqqandi.



Fikrlar