Peres "Real"ning ilk transferini ma'lum qildi
Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres 7 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarda g‘alaba qozongan taqdirda jamoaga keladigan ilk futbolchi nomini ochiqlandi.
Uning ta’kidlashicha, Frantsiya terma jamoasi va "Liverpul"ning sobiq himoyachisi Ibraima Konate erkin agent sifatida "Real" safiga qo‘shiladi.
">Agar men klub prezidenti sifatida qolsam, dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biri Konate kelasi mavsumdan jamoada to‘p suradi. U yagona transfer bo‘lmaydi", — dedi Peres.
Ma’lumot uchun, Peres o‘z lavozimida qolsa, Joze Mourinyo "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgan edi

Fikrlar