
PFL g‘olibi qancha gonorar oladi?
Rossiyalik taniqli menejer Aleksandr Skaredin "MMA.Metaratings.ru" saytiga bergan intervyusida PFL jangchilariga gonorar to‘lash tizimidagi ehtimoliy o‘zgarishlar haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
“PFL da hamma narsa standartlashgan. Mavsumda qatnashish shartnomasi barcha uchun bir xil. Shartnomangizda yozilgan summaga ko‘ra guruh bosqichidan gonorar to‘lanadi. Pley-offga chiqqaningizda, million dollar miqdori bir nechta janglarga taqsimlanadi. Mavsum davomida va pley-offdagi barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonsangizgina millionga ega bo‘lasiz. Har bir finalchi odatda 100 ming va g‘olib esa 500 ming dollarga yaqin pul ishlab oladi. Ya’ni umumiy miqdor bir million dollarga teng. Bu sxema PFL da juda uzoq vaqtdan beri mavjud” - deydi Skaredin.
Fikrlar