
Pike kuchlimi yo Ramos?
"Barselona"ning sobiq himoyachisi Jerar Pike uni vatandoshi Serxio Ramos bilan solishtirishlari haqidagi savolga javob berdi. Ikki ispaniyalik markaziy himoyachi o‘z vaqtida "Barselona" va "Real" uchrashuvida o‘zaro tez-tez taqqoslanardi.
“Qaysi birimiz kuchlimiz? Ramos trenajyor zalida kuchli”, - dedi "Barsa"ning 37 yoshli sobiq futbolchisi.
Eslatib o‘tamiz, Jerar Pike 2022 yil oxirida faoliyatini yakunlagan edi. 38 yoshli Serxio Ramos hali ham butsasini qo‘ygani yo‘q, ammo yozda "Sevilya"dan ketganidan keyin o‘ziga yangi klub topa olmayapti. Ispaniya terma jamoasi tarkibida Pike va Ramos jahon chempioni va Evropa chempioni bo‘lgan. Ikkalasida ham Chempionlar ligasida to‘rttadan g‘alaba bor.
Fikrlar