"Pogba hali maydonga qaytishga tayyor emas"

  • 26 oktabr, 12:35
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Monako" bosh murabbiyi Sebasten Pokonoli jamoa yarim himoyachisi Pol Pogbaning debyuti kelasi oydan oldin bo‘lmasligini ma’lum qildi.

Tecno

32 yoshli futbolchi 18 oktyabr kuni "Anje"ga qarshi uchrashuvda (1:1) maydonga tushishni rejalashtirgan edi, ammo mushaklaridagi tortishish sabab bu reja amalga oshmadi.

Pogba so‘nggi ikki yildan ortiq vaqt davomida doping tufayli berilgan diskvalifikatsiya va jarohatlar sabab futbol o‘ynamagan.

Juma kuni Pokonolidan yangiliklar haqida so‘rashganda, u shunday dedi:

"U maydonga qaytishga yaqin, ammo hali bir necha qadam qolgan. U hali 100 foiz mashg‘ulotlarda qatnashmayapti. Menimcha, hali bir necha hafta kerak bo‘ladi". 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!