
Portugaliya klubi Antonini ijaraga olmoqchi
"Goal" nashrining yozishicha, "Benfika" "Manchester Yunayted" hujumchisi Antonini ijaraga olish imkoniyati borasida so‘rov yuborgan. Biroq, manchesterliklar braziliyalik futbolchini to‘liq sotishni istamoqda va uni taxminan 40 million evroga baholamoqda.
"MaisFutebol" nashriga ko‘ra, ikki klub o‘rtasida muzokaralar hozircha davom etmoqda.
Shu bilan birga, Antoni o‘zi o‘tgan mavsum ikkinchi yarmini ijara asosida o‘tkazgan "Betis" klubiga qaytishni xohlayotgani ta’kidlanmoqda. Ispaniyaliklar ham uni qaytarishga qiziqmoqda, ammo MYu qo‘ygan moliyaviy talablar ular uchun juda yuqori deb hisoblanmoqda.
Bundan tashqari, vingerga Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi ham qiziqayotgani va fursat tug‘ilishi bilan shartnoma taklif qilishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar chiqqan edi.
Fikrlar