Prevyu. "Paxtakor" - "Mash’al"
Superliga 1-tur kechiktirilgan o‘yinida "Sherlar" Toshkentda "Jar" stadionida "Mash’al"ni qabul qiladi.
Chempionatlarda jamoalar o‘zaro 38 uchrashuvda to‘qnash kelgan. Ularning 27 tasida "Paxtakor", 5 tasida "Mash’al" zafar quchgan. 6 bahsda kuchlar teng kelgan. "Paxtakor" 76 to‘p kiritgan bo‘lsa, "Mash’al" 25 gol urishga erishgan.
Toshkentda kechgan 19 bellashuvning 17 tasida "Paxtakor" muvaffaqiyat qozongan. Bittadan o‘yinda durang va raqib g‘alabasi kuzatilgan. O‘z maydonidagi o‘yinlarda "Sherlar" 11 marta "Mash’al" ustidan yirik yutuqqa erishgan. Oxirgi marta Muborak klubi Toshkentda 2007 yil ochkoni qo‘lga kiritgan. O‘shanda bahs 3:3 hisobida yakunlangan. Toshkentdagi so‘nggi 11 to‘qnashuvda "Paxtakor" ketma-ket zafar quchgan.
"Paxtakor" va "Mash’al" jamoalari o‘rtasida o‘yin 2 aprel, chorshanba kuni "Jar" stadionida soat 19:30 da boshlanadi.
Fikrlar