Prevyu. "Surxon" - "Andijon"

  • 27.10.2025 01:25
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Superliganing 26-turi yakuniga etadi. “Andijon” Termizda “Surxon” klubiga qarshi maydonga tushadi.

Tecno

Yodingizda bo‘lsa, birinchi davrada “Bobur arena”da o‘tkazilgan bahsda maydon egalari 2:1 hisobida raqibini mag‘lubiyatga uchratgan. Umumiy hisobda esa jamoalar milliy chempinatda 35 marta to‘qnash kelishgan.

“Surxon”da 11, “Andijon”da 18 g‘alaba bor. 6 ta bahsda kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbati 44\64 jamoamiz foydasiga.

"Andijon" oxirgi marta “Surxon” mezbonligi ostidagi o‘yinda o‘tgan yili g‘alaba qozongan. Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuvda “Andijon” raqibini 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan. “Andijon” “Surxon” mezbonligidagi uchrashuvlarning 4 tasida durang o‘ynagan va 5 tasida g‘alaba qozongan.

Eslatib o‘tamiz, “Surxon” - “Andijon” o‘yini bugun, soat 18:30 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!