PSJ etakchisi “Yuventus”ga o‘tishi mumkin

  • 1 iyul, 2022, 18:22
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ himoyachisi Presnel Kimpembe Parij klubini tark etadi, deya xabar beradi jurnalist Janluka Di Martsio.

Tecno

Manbaga ko‘ra, agar himoyachi Matteys de Ligt “Yuventus” jamoasini tark etsa, 26 yoshli frantsiyalik futbolchi "keksa sinora" bilan shartnoma imzolashi mumkin. Oldinroq 22 yoshli futbolchiga "Chelsi" jiddiy qiziqish bildirayotgandi.

Turinliklar ustozi Massimiliano Allegri Frantsiya terma jamoasi himoyachisini tarkibda ko‘rmoqchi ekanligini klub rahbariyatiga bildirgan.

Kimpembe o‘tgan mavsumda PSJ safida barcha turnirlar doirasidagi 41ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi. “Transfermarkt” portali Presnelning narxini 40 million evroga baholagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!