
PSJ Mbappeni qo‘rqityapti
PSJ rahbariyati Kilian Mbappeni “Real”ga o‘tish fikridan qaytarishga urinmoqda. 24 yoshli hujumchi parijliklarning jamoada qolish taklifni qabul qilmayapti. Kilian yozda “Real”ga o‘tkmoqchiligi aytilyapti.
Parij klubi rahbariyati esa, Madridda Mbappega oson bo‘lmasligini ta’kidlamoqda.
Diario AS nashriga ko‘ra, PSJ mutasaddilari Mbappega Neymar bilan yuzaga kelgan vaziyatni eslatdi. Ma’lumki, Kilian jamoada braziliyalik yulduz bilan chiqisha olmagan. Ular o‘rtasidagi ziddiyat doim jurnalistlar va muxlislarning diqqat markazida turgan.
Parijliklar Kilian “Real”ga o‘tsa, xuddi shu holat boshqa bir braziliyalik yulduz – Vinisius Junior bilan ham takrorlanigi mumkinligini aytmoqda.
Avvalroq, Vinisiusning o‘zi ham jurnalistlar bilan suhbatda Kilian Mbappening transferini amalga oshirishni yoqlamasligini, o‘zi jamoaning asosiy yulduzi sifatida to‘p tepmoqchi ekanini ta’kidlagandi.
Fikrlar