
PSJ muxlislari uchun xushxabar!
PSJ vingeri Marko Asensio navbatdagi uchrashuvda maydonga qaytishi mumkin.
Ispaniyalik futbolchi parijliklar safidagi so‘nggi o‘yinini sentyabr boshida o‘tkazgan edi. O‘shanda parijliklar "Lion"ni mag‘lub etgan (4:1). Asensio esa bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Birozdan so‘ng, Marko terma jamoa yig‘inida jarohat olib safdan chiqqan edi.
"Le Parisien" nashri xabariga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi juma kuni bo‘lib o‘tadigan "Monako"ga qarshi o‘yinida ishtirok etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, PSJ doimgidek Liga 1da peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar