Pyotr Yan: "Merab Dvalishvilini nokaut qilaman"

  • 25.09.2026 20:38
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘ta engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Pyotr Yan o‘tgan yili Merab Dvalishvili ustidan qozongan g‘alabasi tasodifiy emasligini isbotlamoqchi.

"O‘ylaymanki, mazkur to‘qnashuv tomoshabop va qiziqarli bo‘ladi. Bu safar men o‘zimga va boshqalarga o‘tgan safargi natija tasodif emasligini isbotlayman. Bu safar Merab nokaut bo‘ladi", - dedi rossiyalik "MMA Fighting" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Pyotr Yan va Merab Dvalishvili o‘rtasidagi bahs 24 oktyabr kuni "UFC 333" turnirida o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!