
Qarshi shahrida eng sara polvonlar aniqlanmoqda
Qarshi shahrida kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bahslariga start berildi. Bugungi kun dsturidan erkaklar o‘rtasida 60, 66 kg ayollar o‘rtasida esa 48, 52, 57, 63 kg vazn toifalarida eng yaxshi polvonlar aniqlanishi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston kurash federatsiyasidan ma’lum qilishlaricha, bugungi kun bahslarida 150 nafar polvon gilamga ko‘tariladi.
Xususan, 66 kilogramm vazn toifasida o‘tkaziladigan bahslar ancha qizg‘in bo‘lishi kutilmoqda. Sababi, ushbu vaznda yoshlar o‘rtasida Jahon chempionati g‘oliblari Shahram Ahadov, Ruslan Bo‘riev, Vetnamda o‘tkazilgan Osiyo sohil o‘yinlari oltin medali sohibi Mirjon To‘xtaev kabilar g‘oliblik uchun gilamga chiqishadi.
Qayd etish joiz, ayni paytda polvonlar bahsi davom etmoqda. birozdan so‘ng kun natijalari bilan sizlarni tanishtiramiz.
Fikrlar