Qatorasiga ikkki marotaba “Oltin to‘p” olgan Aleksiya Putelyas kim?

  • 18 oktabr, 2022, 17:09
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Parijda 28 yoshli “Barselona” a’zosi sanalgan Aleksiya Putelyas ayollar futboli tarixida ilk bor ketma-ket 2 yil davomida sayyoramizning tengsiz futbolchi qizi deb topildi. U haqida Andres Inesta aytgan so‘zlar hozir har qachongidanda aktualroq:

Tecno

“U butun “Barselona”ga o‘rgak bo‘lishga loyiq inson!”

SPORTS.uz sayyoramizning eng kuchli futbolchilari tomonidan e’tirof etilgan Aleksiya haqida siz bilishingiz kerak bo‘lgan barcha narsa bilan tanishtirib o‘tadi.

2020/21 yilgi mavsum! 26 gol va ikki trebl!

O‘sha mavsum 26 yoshli Aleksiya sardorligidagi “Barsa” ayollar jamoasi Ispaniya qirolichasi kubogi, EChL va ichki birinchilikda g‘olib chiqib, barchaning e’tibor markazida bo‘ldi. Mavsum yakunida esa yana bir trebl! FIFA, UEFA tomonidan yilning eng yaxshi ayol futbolchisi nominatsiyasi bilan birgalikda, karerasidagi ilk oltin to‘p! Kataloniyalik bir mavsum davomida raqib darvozalarini naqd 26 bor ishg‘ol qilishni uddaladi. Shu tariqa, u 1960 yildan beri Ispaniya futbolidagi ilk “oltin to‘p”ga sazovor bo‘lgan futbolchiga aylandi.

pl34pl43o‘pl43

2021/22 yilgi mavsum. 34 gol, "Kamp Nou”dagi 90 ming muxlis va terma safidagi 100 o‘yin!

Keyingi mavsumda Putelyas sermahsullikni oshirib o‘z shaxsiy rekordini 34 taga etkazib qo‘ydi. EChLda 11 ta gol bilan “bombardir”ga ayangan yarim himoyachi finalda o‘ynadi, ammo “Lion”dan alamli (1:3) mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Ichki birinchilikda bu safar ham kataloniyalik qizlarga teng keladigani topilgani yo‘q. Jamoa mavsum davomida biror marotaba mag‘lub bo‘lmay, mutlaq chempionga aylandi.

Joriy yilning iyun oyida Aleksiya Ispaniya terma jamoasi safidagi 100-o‘yinida ishtirok etdi va bu borada ham jahon rekordini o‘rnatdi. Afsuski, tizzasidan olgan jarohati sababli Evro-2022 musobaqasini o‘tkazib yubordi. Uning markazdagi o‘yiniga suyanib qolgan Ispaniya chorak finalda Angliyaga engilib, musobaqani kutilganidan erta tark etdi.

E’tiborlisi shundaki, aynan Putelyas fenomeni Kataloniyada ayollar futboliga bo‘lgan e’tiborning keskin oshib ketishiga sabab bo‘ldi. Misol tariqasida, o‘tgan yilgi Evropa chempionlar ligasining ikki o‘yinida “Kamp Nou”ga 90 ming muxlis tashrif buyurdi. Mavsum oxirida esa “Barselona” rasman Aleksiya ismi tushurilgan futbolkalar sotuvidan kelayotgan daromad Pike va Albanikidan ham ko‘proq ekanligini e’lon qildi.

Jamoasiga sodiq muxlis

Putelyas “Barsa”ning chinakam ishqibozi. U bolaligidanoq aynan “ko‘k-anoranglilar” akademiyasini tanladi va o‘z tanloviga oxirigacha sodiq qoldi. Avvaliga “Espanol”, “Levante” singari jamoalarda ijara asosida to‘p surganiga qaramay, 2012/13 yilgi mavsumda “Blougranes” o‘z tarbiyalanuvchisini ortga qaytardi.

“Bizning oilamizdagi barcha “Barselona”ni hurmat qiladi. Hatto, amakimning elkasida klub emblemasi tushurilgan tatu ham bor. Faqat, birgina jiyanim “Real” Madrid ishqibozi. Qolganlar meni o‘z sevgan jamoalarining bir bo‘lagi ekanligimdan faxrlanadi”.

2021 yilning may oyida qahramonimiz boshi uzra EChL bosh sovrinini ko‘targan birinchi ayol futbolchi sifatida tarixga o‘z nomini yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

p4o‘plo‘34lp

Putelyas tenglik va adolat uchun kurashuvchi sodda inson

"Ispaniya va “Barselona” uchun sovrinlar yutishdan tashqari, futbolga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirishni istayman. Bu sport turida erkaklar singari ayollar ham e’tibor markazida turushga loyiq ekanligini, uning jozibasini to‘liq his etish imkoni borligini ko‘rsatib qo‘ymoqchiman. Maqsadim, futbolning ko‘pchilik uchun yopiq bo‘lgan tomonlarini ochib berish” - deya futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltirdi FIFA.com nashri.

2020 yilning sentyabr oyida Putelyas o‘zining 11-raqamini 14 ga o‘zgartirdi. Shu tariqa, miya to‘qimlaridagi saraton tashxizi qo‘yilgan termadagi jamoadoshi Vergina Torresilini qo‘llab-quvvatlashga harakat qildi. U Vergina sog‘ayib safga qaytmaguniga qadar shu raqamda to‘p tepishini rasman e’lon qildi. E’tiborlisi shundaki, aynan uning tashabbusi sababli dugonasining juda qimmat operatsiyasi uchun pul yig‘ildi va barchasi a’lo darajada bo‘lib o‘tdi. 2022 yilning qishida u va’da qilganidek 14-raqamni dugonasiga qaytarib berdi. Torresili “Atletiko Madrid” safidagi o‘zining ilk o‘yinini mag‘lubiyat nima ekanligini bilmay kelayotgan “Barselona”ga qarshi o‘tkazgani yoqimli syurpriz bo‘lgani aniq.

Hozir Aleksiya tizzasidan olgan jarohatini da’volash bilan band. U 2023 yilda Avstraliya va Yangi Zellandiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etish haqida bosh qotirmoqda. Uning karerasidagi yagona zabt etilmagan cho‘qqi bo‘lib qolayotgan terma safida sovrin yutish orzusi ushalishi mumkin.

34gpr34gr43rp

Aslida, bu ish hozir deyarli imkonsiz. Sababi, “Barselona” a’zolari Ispaniya terma jamoasida to‘p tepishdan bosh tortmoqda. Bunga Xorxe Vilda va jamoa o‘rtasida kelib chiqqan nizo sabab. Putelyas birinchilardan bo‘lib bosh murabbiyga qarshi chiqdi va Ispaniya futbol rahbariga barcha jamoadoshlari imzosi tushurilgan arizani topshirdi. Afsuski, rahbariyat bu taklifni ko‘rib ham chiqqani yo‘q. Endilikda, Aleksiyaning terma jamoa safida yana to‘p tepishi katta so‘roq ostida turibdi.

Ya . U

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!