“Qo‘qon-1912” - “Neftchi” o‘yini Qo‘qondagi “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tadi

  • 25 sentabr, 2022, 12:01
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni kunlarda Superliga jamoalari navbatdagi tur o‘yinlariga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Tecno

Davron Fayziev boshchiligidagi “Qo‘qon-1912” jamoasi ham “Surxon” bilan bo‘lib o‘tadigan o‘yinga qizg‘in tarzda tayyorgarlik ko‘rmoqda. Jamoa a’zolari Qo‘qondagi “markaziy” stadionida o‘z mashg‘ulotlarini olib boryapti. Kechadan boshlab mashg‘ulotlarda jamoa etakchilaridan biri Javohir Sidiqov qatnashmayapti.

Sidiqov mashg‘ulot vaqtida jarohat olganligi sababli tibbiy tekshiruvdan o‘tish uchun Toshkent shahriga ketgan. Uning jarohati qanchalik jiddiy ekani to‘liq tekshiruvlardan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Qolgan barcha futbolchilar mashg‘ulotlarda astoydil ter to‘kmoqda.

Avval xabar berganimizdek murabbiylar rejasidan Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish ham o‘rin olgan edi. “Qo‘qon-1912” hamda “Neftchi” jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini Qo‘qondagi “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuv 27 sentyabr soat 16:00 da boshlanadi. Ushbu o‘yinga kirish bepul, muxlislar bemalol stadionga kelib, viloyat “derbi”sini tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi.

 

Manba: "Qo‘qon-1912" PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!