
"Qo‘qon-1912" murabbiyi jamoaning pro ligaga tushib ketganiga qanday munosabat bildirdi?
“Qo‘qon-1912” chempionatning oxirgi turida Samarqandda “Dinamo”ga mag‘lubiyatga uchrab pro ligaga tushib ketdi. Uchrashuvdan keyin qo‘qonliklar murabbiyi Shavkat Abduxo‘jaev mag‘lubiyat va omadsiz mavsum sabablari haqida gapirdi.
- Uchrashuv yomon o‘tmadi. Yana yaratilgan imkoniyatlardan foydalana olmadik. Bu hol ikkinchi davrada har bir o‘yinda takrorlandi. Masalan, ikkinchi davrani yomon boshlamagandik. Faqat o‘zimiz yaratgan vaziyatlarni golga aylantira olmaganimiz uchun turnir jadvalida oxirgi o‘rinlardan birida bo‘lib qoldik. Futbolchilarda shuni bosimi bo‘ldi, deb o‘ylayman.
- “Qo‘qon-1912” bugun “Dinamo”ga nisbatan ko‘proq motivatsiyaga ega bo‘lishi kerak edi. Chunki g‘alaba jamoani Superligada olib qolardi. Davron Fayzievni zaxira o‘rindig‘ida bo‘lmagani ham futbolchilarga ta’sir qildimi?
- Ta’siri bor. 3-4 nafar etakchi o‘yinchilarimizning jarohat olganligi, sariq kartochkalar tufayli yordam bera olmaganligi ham sabab deb o‘ylayman. Davron Fayzievni ham yo‘qligi uchun bizga motivatsiya bo‘lmadi.
- Omadsiz natija murabbiylar shtabining faoliyatiga ta’sir qiladimi yoki pro ligada ham Davron Fayziev ishlashda davom etadimi?
- Buni rahbariyat hal qiladi. Albatta, ta’sir qiladi, deb o‘ylayman.
- Mavsum yakunlandi. Aynan qaysi nuqta jamoaning pastki o‘rinlarda tushishiga sabab bo‘ldi, deb o‘ylaysiz?
- Ikkinchi davradagi har bir o‘yinni oladigan bo‘lsak, o‘yin bo‘yicha “Paxtakor”ga yutqazdik. Natijaga ham ta’sir qildi. Imkoniyatlarimizdan etarlicha foydalanganimizda turnir jadvalida pastda bo‘lmasdik. Buni sabablari juda ko‘p. Faqat murabbiy va futbolchilarga bog‘liq, deb o‘ylamayman.
- Jamoa muxlislariga gapingiz bormi?
- Avvalambor, murabbiylar shtabi va futbolchilar nomidan qo‘qonlik muxlislardan uzr so‘rayman. Bu – futbol. Biz yaxshi bo‘lishini xohladik.
Fikrlar