Qudus faoliyatini Premer-ligada davom ettiradigan bo‘ldi

  • 24 avgust, 2023, 01:43
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Ayaks"ning top klublar e’tiboriga tushgan futbolchisi Muhammad Qudus "Vest Xem"ga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda "The Athletic" nashri xabar bermoqda. 

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, yarim himoyachi borasida tomonlar deyarli kelishuvga erishdi. Ushbu transfer "bolg‘achilar"ga 45 million evroga tushadi. Shu bilan birga, Qudus bilan 5 yillik shartnoma imzolanadi. 

23 yoshli futbolchi uchun avvalroq "Arsenal" va "Bavariya" kabi klublar kurash olib borgan. Ammo Niderlandiya klubi bilan kelisha olmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!