
Ramos "Barselona"ga o‘tgach nimalar dedi?
Yaqindagina “Barselona” bilan shartnoma imzolagan va yozda jamoa safiga kelib qo‘shiladigan “Gremio” yarim himoyachisi Artur Ramos rasman kataloniyaliklar futbolchisiga aylangach quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
“Men judayam baxtliman. Chunki, “Barselona” har bir futbolchi o‘ynashni orzu qiladigan buyuk jamoalardan biri. Muzokaralar ijobiy yakun topganidan xursandman. Ochig‘i men hali ham hayotimda qanday buyuk hodisa sodir bo‘lganini to‘liq anglaganim yo‘q”, - deydi 21 yoshli futbolchi.
Fikrlar