Ramos Ispaniyaning top-klubini sotib olyapti
Ispaniyalik afsonaviy futbolchi Serxio Ramos Five Eleven Capital bilan birgalikda "Sevilya"ga egalik qilmoqchi. Bu haqida Carrusel Deportivo nashriga tayanib Cadena Ser xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "Real" va Ispaniya terma jamoasining sobiq himoyachisi andalusiyaliklarni 450 mln yevroga sotib olmoqda. Qayd etilishicha, hozirda Ramos o‘z yuristlari bilan birgalikda klub hisobotini o‘rganmoqda. Ushbu bosqich bir necha oy davom etishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, so‘nggi yillardagi yomon natijalar aksiyadorlarni "Sevilya"ni sotishga qaror qilishga majbur qilgan. U 2003-2005 yillar oralig‘ida, shuningdek, 2023/2024-yilgi mavsumda Sevilya klubida futbolchi sifatida o‘ynagan.
39 yoshli Ramosning so‘nggi klubi Meksikaning "Monterrey" klubi bo‘lib, u shu yilning dekabr oyi boshida jamoani tark etgandi. Serxio professional futbolchilik faoliyatini davom ettirishi mumkinligi xabar qilingan edi.



Fikrlar