Ramos “Real”ga murojaat qildi

  • 15 noyabr, 2024, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Real” mavsum boshidan beri himoya chizig‘idagi muammolardan qutila olmayapti. Eder Militaoning yana jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqani  madridliklarning ahvolini yanada og‘irlashtirdi.

Karlo Anchelotti markaziy himoyachiga ehtiyoj sezmoqda. Bundan jamoaning sobiq sardori Serxio Ramos foydalanib qolmoqchi bo‘ldi.

Yozdan beri ish qidirayotgan 38 yoshli himoyachi “Qirollik  klubi”ga o‘z xizmatlarini taklif qildi.

Ta’kidlash joizki, Serxio Ramos aslida “Sevilya” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Biroq yulduzli onlarini aynan “Real”da o‘tkazgan.

Futbolchi sifatida deyarli barcha nufuzli musobaqalarda g‘olib chiqqan Ramos o‘ziga yangi jamoa topa olmayapti. U bir necha oy davomida Braziliya, Meksika, AQSh, Misr kabi mamlakatlar klublari bilan ham muzokara o‘tkazdi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!