
Ramos Ronalduni Meksikaga chaqiryapti
Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubini tark etib, faoliyatini Meksika chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Nikola Skira ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.
40 yoshli futbolchiga "Monterrey" klubi qiziqish bildirmoqda. Portugaliyalik yulduzning sobiq jamoadoshi Serxio Ramos uni meksikaliklar safiga qo‘shilishga ko‘ndirishga harakat qilmoqda.
Agar Ronaldu "Monterrey"ga o‘tsa, u Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Meksika jamoasi guruh bosqichida "River Pleyt", "Inter" va Yaponiya klubi "Urava Reds"ga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar