
Raqiblar Lamin Yamalni “o‘yindan chiqarishdi”
UEFA Millat ligasining uchinchi turida Ispaniya terma jamoasi o‘z maydonida Daniya futbolchilari ustidan 1:0 hisobida zafar quchdi.
O‘yinda g‘alaba qozonganiga qaramay, ispanlar “Baselona”dan terma jamoaga chaqirtirilgan Lamin Yamalning ahvolidan xavotirda.
Etakchi o‘yinchilardan hisoblangan 17 yoshli futbolchini bosh murabbiy Luis de la Fuenta o‘yin oxirida zaxiraga olishga majbur bo‘ldi. Lamin Yamal yuklamaning ko‘pligi va daniyaliklar deyarli har bir yakkakurashda unga nisbatan o‘ta qo‘pol o‘ynagani bois, yosh o‘yinchi oqsoqlanib qolgandi.
Lamin endi tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va shundan so‘ng, jarohatlanish darajasi va tiklanish muddati aniq bo‘ladi.
Fikrlar
Ватан учун жанг килади клублар азият чекади.