Rasman! "Andijon" oʻz darvozabonini saqlab qoldi
"Andijon" klubi safida 5 yildan beri faoliyat ko‘rsatib kelayotgan darvozabon Eldor Adhamov yangi mavsumni ham yana "Burgutlar" tarkibida o‘tkazadigan bo‘ldi.
Klub matbuot xizmati bu borada shunday bayon qiladi: "Ma’lumki, 29 yoshli darvozabonimiz Eldor Adhamov 2020 yildan beri “Andijon” sharafini munosib himoya qilib kelmoqda. 2021 yilni Qo‘qonliklar safida boshlagach, yarim yildan keyin yana jamoamizga qaytgan va shundan buyon “Burgutlar” a’zosi bo‘lib kelmoqda.
E’tiborliysi, Adhamov bilan amaldagi shartnoma uzaytirildi va u 2026 yildgi mavsumda ham jamoamiz sharafini himoya qilishda davom etadi.
Adhamov “Andijon” tarkibida shu paytgacha hammasi bo‘lib 81 ta o‘yin o‘tkazdi va 21 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlagan", - deyiladi rasmiy xabarda.



Fikrlar