Rasman! "Atletiko" Filipe Luisning jamoadan ketganini e’lon qildi

  • 21 iyul, 2019, 17:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Atletiko” klubi o‘zining braziliyalik himoyachisi Filipe Luisning jamoadan ketganini rasman e’lon qildi.

Tecno

33 yoshli futbolchi bilan xayrlashuv marosimiga “matraschilar” rahbariyati, bosh murabbiy Diego Simeone va jamoaning bir qator a’zolari ishtirok etishdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Luis Braziliyaga qaytishi va mahallik “Flamengo” klubi bilan 2 yillik shartnoma imzolashi borasida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Luis “Atletiko” safida 2010 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. O‘tgan davr mobaynida jami 348ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 12ta gol urishga erishdi. U “matraschilar” safida Ispaniya chempioni va kubogi sohibi bo‘ldi. Shuningdek 2 karra UEFA Evropa ligasi va 2 karra UEFA Superkubogi g‘olibi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!