Rasman! "Barsa" ter Shtegen bilan shartnoma muddatini uzaytirdi (foto)
"Barselona" klubi darvozabon Mark-Andre ter Shtegen bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Endilikda posbon 2028 yilga qadar huquqan katalon klubiga tegishli hisoblanadi. Uning tovon puli 500 million evro etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Mark o‘tgan mavsum La Liganing 26 o‘yinida darvozasi dahlsizligini saqlab qolgandi.


Fikrlar