
Rasman! O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining chorak finaldagi raqibi ma’lum
Indoneziya yashil maydonlarida o‘tayotgan futbol bo‘yicha U17 Jahon chempionati 3-turidan o‘rin olgan Yangi Zelandiya va Meksika o‘rtsidagi bahs yakunlandi. Uchrashuv shimoliy amerikaliklarning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi va 3-o‘rinni egallaganlar orasida pley-offga chiqqan 4-terma jamoaga aylandi.
"V" guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi guruhda 4 ochko jamg‘arib, uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. Reglamentga ko‘ra, barcha guruhlar ichida eng ko‘p ochko to‘plagan 4 ta uchinchi o‘rin egalari nimchorak final ishtirokchisiga aylanadi.
Shu tariqa, O‘zbekiston rasman "C" guruhi peshqadami Angliya bilan to‘qnash keladi. Uchrashuv 22 noyabr kuni 13:30 da boshlanadi.
Fikrlar