
Rasman: "Palmeyras" "Spartak" forvardini xarid qildi
Rossiyaning "Spartak" klubi xujumchisi Luis Adriano o‘z vataniga qaytdi.
Braziliyaning "Palmeyras" klubi Luis bilan 4 yillik shartnoma tuzdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, braziliyalikning transferi 1 mln evroga tushgan.
Luis Adriano "Spartak" klubiga 2017 yilda kelgan. So‘nggi mavsumda esa, Premer-Ligada 23 ta bahs o‘tkazgan va 6 ta gol urish bilan birga 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar