
Rasman! Van de Bek "Jirona" futbolchisiga aylandi
Rasman "Jirona" Donni van de Bekni o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi. Klub futbolchining to‘liq transferini sotib oldi.
Ushbu xarida uchun Kataloniya jamoasi 500 ming evro sarfladi. Shu bilan birga, yarim himoyachi bilan 2028 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzoladi.
Van de Bek yakuniga etgan mavsumning yarmini "Ayntraxt"da o‘tkazdi. Ammo unga ko‘p ham o‘yin amaliyoti berilgani yo‘q.Xavbek 10 ta o‘yinda ishtirok etgan bo‘lsa, shulardan yarmini zaxiradan boshladi.
27 yoshli futbolchi 2020 yilda 39 million evro evaziga sotib olingan. O‘sha vaqtda uning narxi 55 million evro edi. Ayni paytdagisi esa 5 million evroga teng.
Fikrlar