
Rasman! Yana bir “Real” afsonasi jamoadan ketmoqda
Madridning “Real” klubi matbuot xizmati himoyachi Marselo iyun oyi oxirida jamoani tark etishini tasdiqladi.
“Qirollik klubi” 34 yoshli braziliyalik bilan shartnomani uzaytirmaydi.
Ertaga, 13 iyun kuni “qaymoqranglilar” Marselo va klub prezidenti Florentino Peres ishtirokida xayrlashuv marosimini o‘tkazadi.
Marselo 2007 yildan beri "Real"da o‘ynab kelmoqda. Jamoa tarkibida u olti marta Ispaniya chempionligini, besh marta Ispaniya Superkubogi va Chempionlar ligasini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, uch marta UEFA Superkubogi va ikki marta Ispaniya kubogida, to‘rt marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan.
Braziliyalik himoyachi "Real" tarixidagi eng titulli futbolchi bo‘lib, jamoa bilan 25 ta sovrinni o‘ziniki qilgan.
Fikrlar