“Real” Anchelotti o‘rniga boshqa murabbiy tanladi

  • 8 sentabr, 2024, 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”da jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkin. Madridliklarni Ispaniya chempionati va Evropa Chempionlar ligasi g‘olibiga aylantirgan bosh murabbiy Karlo Anchelotti jamoani tark etishi kutilmoqda.

Tecno

Italiyalik mutaxassis klub bilan shartnomani 2026 yilning yarmigacha uzaytirgan bo‘lsa-da, faoliyatining yakuniy bosqichida mo‘may daromad olish uchun Saudiya Arabistoniga yo‘l olishga qaror qilgani haqida ma’lumotlar tarqatilmoqda.

Goal nashrining ma’lum qilishicha, Anchelottini saudiyaliklarning juda katta loyihasi qiziqtirib qo‘ygan. Hozircha, bu loyiha haqidagi aniq ma’lumotlar sir tutilyapti.

“Real” rahbariyati Anchelottiga o‘rinbosar ham topishga ulgurdi. Madridliklar italiyalik mutaxassis o‘rniga “Bayer”ni ilk bor Germaniya chempioniga aylantirgan Xabi Alonsoni olib kelmoqchi.

Bu o‘zgarishlar kelasi yil yozda amalga oshishi mumkin. Xabi Alonsoning o‘zi ham “Bayer”dan keyin “Real”ni boshqarishga moyil bo‘lgani uchun Evropaning boshqa grand klublari taklifini qabul qilmay kelyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!