“Real” Angliyadagi himoyachi bo‘yicha muzokara boshladi
Italiyalik himoyachi Rikkardo Kalafyoriy Madriddning “Real” jamoasi uchun yozgi transfer oynasining asosiy maqsadlaridan biriga aylangan.
Insayder Janluka di Marsioning ma'lum qilishicha, madridliklar futbolchining vakillari bilan transfer bo‘yicha muzokaralarni boshlagan.
Yangi bosh murabbiy Joze Mourinyo himoyaning bir nechta pozitsiyalarida o‘ynay oladigan universal futbolchi olib kelishni istamoqda.
Shuningdek, “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanovning jamoadoshi Yoshko Gvardiol ham nomzodlar qatorida turibdi.
24 yoshli Kalafyorining transfer qiymati 55 million yevro deb baholanmoqda. Uning “Arsenal” bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi.

Fikrlar