
“Real” Angliyadan murabbiy kutyapti
“Real” ruahbariyati yozda jamoaga yangi murabbiy olib kelishi kerak. Karlo Anchelottining madridliklar bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi.
Todofichajes nashrining yozishicha, “Qirollik klubi” jamoaga yana bir italiyalik murabbiyni olib kelmoqchi. Madridliklarga “Brayton”ni boshqarayotgan Roberto De Dzerbining ishi ma’qul kelib turibdi.
Karlo Anchelotti “Real”ga 2021 yildan beri ustozlik qilmoqda. Tajribali murabbiy qo‘l ostida jamoa Ispaniya chempionligini ham, Chempionlar ligasi bosh sovrinini ham o‘ziniki qilib ulgurdi.
Joriy chempionatda “Real” futbolchilari “Barselona”dan chempionlikni tortib olish uchun kurashmoqda.
Fikrlar