“Real” arzon futbolchi topdi
Madridning “Real” klubi yozgi transferlar oynasi davrida Bundesligada ishtirok etayotgan “Shtutgart” yarim himoyachisi Chema Andresni oʻz safiga qaytarish variantini koʻrib chiqyapti.
Marca nashrining maʼlumotiga koʻra, madridliklar oʻz tarbiyalanuvchisini yozgi transfer oynasida qayta sotib olmoqchi. 20 yoshli futbolchini 13,5 million yevroga qaytarish imkoniyati bor. Bu oʻtgan yili uni sotishda shartnomaga kiritilgan qayta sotib olish bandi hisoblanadi.
Chema Andres joriy mavsumda “Shtutgart” safida 36 ta oʻyinda ishtirok etib, 3 ta gol va 2 ta assist qayd etgan.
Transfermarkt ekspertlari uning bozor qiymatini 15 million yevro deb baholamoqda. U avval “Real” asosiy jamoasi safida 3 ta oʻyinda qatnashgan.

Fikrlar