
"Real" Ashrafning ijara muddatini uzaytirmaydi
“Real” Madrid klubi rahbariyati “Borussiya” Dortmundga ijaraga berilgan marokashlik himoyachisi Ashraf Hakimining o‘yinlari yuqori darajada o‘sayotganini baholamoqda.
Transfermarkt talqiniga ko‘ra Germaniyada ko‘rsatayotgan o‘yinlaridan so‘ng Hakimining transfer narxi ancha ko‘tarilgan va 45 mln evroga etgan.
Eslatib o‘tish lozimki, klublar o‘rtasidagi ijara shartnomasi 2 yilga mo‘ljallangan edi va u joriy yozda o‘z nihoyasiga etadi. Dortmundliklar uning ijara muddatini yana bir mavsumga uzaytirish bo‘yicha “qirollik klubi”ga taklif yubormoqchi. Biroq, madridliklar ushbu taklifni rad etishadi. Chunki, ular Hakimini jamoaning qanot himoyachisi Alvaro Odriosoladan yuqori baholamoqda. Qolaversa, Ashraf o‘ng qanotda to‘p suradigan Dani Karvaxalga aslo raqobat qilmaydi. U chap qanotda ham to‘p sura oladi.
Fikrlar