"Real" bayramini buzgan Xames qattiq gap eshitdi

  • 19 dekabr, 2016, 10:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
 
 
"Real" himoyachisi Serxio Ramos klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalidagi g‘alabadan so‘ng jamoadan ketmoqchiligini aytib, jamoadoshlarining kayfiyatini buzgan  Xames Rodrigesni qattiq tanqid qildi.
 
- Bugun shaxsiy muammolarni hal qiladigan kun emas, - dedi Serxio Ramos. - Bu butun jamoa bilan g‘alabani bayram qiladigan kun. Men Xamesni hurmat qilaman. Lekin u shaxsiy muammolarini boshqa kunga qoldirishi kerak edi.
 
"Real" klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida Yaponiyaning "Kashima Antlers" jamoasini 4:2 hisobida engib, qator rekordlarni urdi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!