"Real" Braziliya futbolining bo‘lajak yulduzi bilan shartnoma imzolaydi

  • 04.02.2022 12:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi "Palmeyras"ning 15 yoshli vunderkindi Endrikning transferi masalasida sezilarli o‘sishga erishdi.

Ammo AS nashri tarqatgan xabarga qaraganda, "qirollik klubi" ushbu transfer uchun 45 million evrodan ko‘p pul to‘lamoqchi emas. "Palmeyras" esa Endrikning tovon pulini 100 million evro etib belgilamoqchi. Tomonlar o‘rtasidagi yangi shartnoma futbolchi 16 yoshga to‘lganida imzolanadi.

FIFA qoidalariga ko‘ra, "Real" Endrik 18 yoshga to‘lmagunicha u bilan shartnoma imzolay olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!