«Real» futbolchisi jarimaga tortildi

  • 02.09.2026 14:00
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» jamoasi himoyachisi Raul Asensio yirik miqdorda jarima to‘lab, ma’lum muddatga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etildi. Bu haqida Canarias 7 nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, avgust oyida 23 yoshli futbolchi mast holda Porsche boshqarayotgani paytida to‘xtatilgan. Tekshiruv davomida uning qonidagi alkogol miqdori Ispaniya qonunchiligida belgilangan me’yordan deyarli to‘rt barobar yuqori ekani aniqlandi.

Xabarga ko‘ra, Asensioga 14 400 yevro miqdorida jarima belgilangan. Shuningdek, himoyachi sakkiz oyga haydovchilik huquqidan mahrum qilingan.

«Real» tarbiyalanuvchisi yangi mavsumda hali biror daqiqa maydonga tushmadi. Futbolchi hozircha olgan jarohatidan to‘liq tiklanish ustida ishlamoqda.

Raul Asensioning «qaymoqranglilar» bilan amal qilayotgan mehnat shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!