
“Real” hech qachon bunaqa holatga tushmagan edi
“Real” Ispaniya chempionati va Evropa Chempionlar ligasida eng yuqori natijalar uchun kurashmoqda.
Biroq bu bosh murabbiy Karlo Anchelottiga oson bo‘layotgani yo‘q. Jamoada asosiy tarkib o‘yinchilaridan sakkiz nafari jarohat tufayli safdan chiqdi.
Xususan, frantsiyalik tayanch yarim himoyachisi Eduardo Kamavinganing ham jarohati og‘irligi va u tiklanish uchun bir necha hafta vaqt sarflashi aniq bo‘ldi.
Kamavinga lazaretga tushgan sakkizinchi futbolchidir. Ungacha Tibo Kurtua, Eder Militao, Orelen Tchuameni, Dani Sebalos, Kepa Arrisabalaga, Arda Gyuler, Jud Bellingem ham jarohat olgandi.
Fikrlar