“Real” himoyachisi Italiya klubiga o‘tdi

  • 01.08.2026 09:57
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» jamoasi tarkibida to‘p surgan himoyachi Viktor Valdepenyas «Fiorentina» klubiga o‘tdi. Bu haqida Italiya jamoasining matbuot xizmati xabar berdi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 19 yoshli futbolchi «Fiorentina» bilan besh yillik shartnoma imzolagan. «Real» ushbu transfer uchun 8 million yevro miqdorida tovon puli oladi. Shuningdek, futbolchi keyinchalik boshqa klubga sotilsa, madridliklar transfer summasining 50 foizini qo‘lga kiritadi. «Real» futbolchini kelajakda ustuvor tartibda qayta sotib olish huquqini ham saqlab qolgan.

«Bunday buyuk klub — «Fiorentina»ga qo‘shilganimdan juda xursandman», — dedi Valdepenyas imzolash marosimi chog‘ida.

Valdepenyas 2018 yili «Rayo Valyekano» akademiyasidan «Real» tizimiga o‘tgan. U «Real»ning asosiy jamoasi safida debutini 2025 yil dekabrida Ispaniya chempionati doirasida «Alaves»ga qarshi o‘yinda (2:1) zahiradan maydonga tushib amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!